Tyutorlar uchun mahorat darsi tashkil etildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti tyutori G.Hamidova tomonidan "Tyutorlik faoliyatida samarali muloqot, talabalar bilan individual ishlash mexanizmlari hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi.
Suhbat davomida tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish, talabalar bilan individual ishlash, samarali muloqot o'rnatish hamda muammoli vaziyatlarda to'g'ri yondashuvni tanlash bo'yicha fikr va tavsiyalar berildi.
Oʼzbekcha
English
русский