SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Tadbirda Samarqand viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimi J.Nuraliyev, institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i hamda profilaktika inspektori ishtirok etib, talabalarga internet xavfsizligi, axborotlar maxfiyligi, kiberjinoyatlardan himoyalanish va onlayn muomala madaniyati bo‘yicha batafsil tushunchalar berishdi.

Tadbir yakunida talabalar uchun maxsus qo‘llanmalar tarqatildi. Ushbu materiallar yoshlarning internet xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda kiberhujumlardan samarali saqlanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.