Giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida yoshlar ogohligi oshirildi

2026-09-23 22
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida yoshlar ogohligi oshirildi

Yoshlar o'rtasida giyohvandlikning oldini olish, narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish hamda huquqiy ogohlikni kuchaytirish maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari uchun jazoni ijro etish muassasalariga tashriflar tashkil etildi.

Tashriflar davomida talabalarga narkojinoyat sodir etgani uchun jazoni o'tayotgan mahkumlarning hayoti, kundalik tartibi, sodir etgan huquqbuzarliklarining oqibatlari hamda jinoyatning inson taqdiriga ko'rsatadigan salbiy ta'siri haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, yoshlar giyohvandlik va jinoyatchilik bilan bog'liq xatarlar, noqonuniy xatti-harakatlarning og'ir oqibatlari hamda bunday holatlarning oldini olish zarurati haqida fikr yuritdilar.
Mazkur tashriflar talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi murosasiz munosabat ruhida tarbiyalash, shuningdek, huquqbuzarliklarning real oqibatlarini anglashlariga xizmat qildi.