Kechki ta'lim-2 fakultetida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi

2026-09-09 34
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Kechki ta'lim-2 fakultetida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kechki ta'lim-2 fakulteti dekani Samandarov Rustam Do'syorovich tomonidan birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar ishtirokida "Mustaqillik darsi" tashkil etildi. Dars davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar, xususan, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy sohalarda erishilgan yutuqlar hamda bugungi taraqqiyot jarayonlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, oliy ta'lim uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta'lim sifatini oshirish, zamonaviy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar haqida fikr yuritildi.

Mashg'ulot davomida mustaqillikning mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta'minlashdagi o'rni, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Yakunda talabalar mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, bugungi bunyodkorlik va yangilanish jarayonlari yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzu doirasida o'zaro fikr almashdilar.