Talabalar turar joyida “Milliy qadriyatlar — ma’naviyatimiz poydevori” shiori ostida festival o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalar turar joyida “Milliy qadriyatlar — ma’naviyatimiz poydevori” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy festival tashkil etildi.
Tadbir davomida bank moliya xizmatlari fakulteti talabalari tomonidan milliy liboslar ko‘rgazmasi namoyish etildi, an’anaviy kuy-qo‘shiqlar ijro qilindi hamda jonli raqs chiqishlari taqdim etildi. Festival yoshlarning milliy an’ana va qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratildi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar uchun bayramona osh dasturxoni yozildi. Mazkur festival talaba-yoshlar o‘rtasida milliy merosni asrab-avaylash, ma’naviy muhitni boyitish va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Oʼzbekcha
English
русский