uz en ru
Yangiliklar ro'yxatiga qaytish
22 1 daqiqa o'qish

SamISI sifatli ta’lim, ilm-fan va zamonaviy imkoniyatlar maskani

SamISI sifatli ta’lim, ilm-fan va zamonaviy imkoniyatlar maskani

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bugungi kunda 12 mingdan ortiq talabani birlashtirgan yirik oliy ta'lim muassasalaridan biridir. Institut tarkibida 10 ta fakultet, 27 ta kafedra, 20 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishi va 10 ta magistratura mutaxassisligi faoliyat yuritmoqda. Magistratura bosqichida 215 nafar talaba tahsil olmoqda. Ta'lim jarayonini 359 nafar ilmiy xodim ta'minlab, ularning 25 nafari fan doktori va professorlar, 159 nafari fan nomzodi va dotsentlar hisoblanadi. Institutning moddiy-texnik va axborot bazasi ham izchil rivojlantirilmoqda. 150 ming nomdagi kitob fondiga ega Axborot-resurs markazi, 4 ta o'quv zali, 4 ta kompyuter xonasi hamda 122 ta o'quv xonasi talabalarning ta'lim olishi va ilmiy izlanishlari uchun xizmat qilmoqda.

Xalqaro hamkorlik SamISI faoliyatining muhim yo'nalishlaridan biri. Institut tomonidan xorijiy oliy ta'lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari izchil rivojlantirilmoqda. Shuningdek, ACCA kabi xalqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, talabalarning zamonaviy kasbiy bilim va ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan uchrashuv va tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu jarayonlar talabalarga xalqaro tajribani o'rganish, zamonaviy bilimlarni egallash va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko'rish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.