Iqtisodiyot fakultetida Ochil Tohirov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakultetida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida o'zbek shoiri Ochil Tohirovning hayoti va ijodiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida shoirning hayot yo'li, ijodiy faoliyati hamda adabiyotimiz rivojiga qo'shgan hissasi haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan shoirning ijod namunalari o'qilib, uning sheʼriyati yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Oʼzbekcha
English
русский