Tojikistonlik professor-öqituvçilar va talabalar dars maşğulotlarida iştirok etdilar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raqamli iqtisodiyot kafedrasi taşabbusi bilan Tojikiston davlat kommersiya universiteti professor-öqituvçilari hamda talabalari iştirokida moliyaviy iqtisodiyot fani böyiça ma’ruza va amaliy maşğulotlar taşkil etildi.
Maşğulotlar davomida moliyaviy iqtisodiyotga oid nazariy bilimlar, ularning amaliy ahamiyati, iqtisodiy vaziyatlarni tahlil qiliş va tegişli yeçimlarni işlab çiqiş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari özaro fikr va tajriba almaşib, ta’lim jarayonini samarali taşkil etiş yuzasidan mulohazalar bildirdilar.
Oʼzbekcha
English
русский