SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Joriy yilning 12-fevral kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Egamberdiyevich Po‘latov institut talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

 

Tashrif davomida rektor talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishib, mavjud infratuzilma holatini ko‘zdan kechirdi. Talaba-yoshlarning taklif va mulohazalari tinglanib, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

Shuningdek, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanish, ichki tartib-qoidalarga rioya etish hamda turar joy hududida tozalik va tartibni doimiy saqlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

 

Mazkur tashrif yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini joyida hal etish va yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan amaliy qadam bo‘ldi.