Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Pardayev Olim Mamayunusovich bank-moliya xizmatlari fakultetining 3-bosqich talabalari bilan davra suhbati o'tkazdi.
Suhbat davomida yangi o'quv yilida talabalarning ta'lim jarayonidagi faolligini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish, innovatsion loyihalarda ishtirok etish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский