Самаркандский институт экономики и сервиса
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tillarni o‘qitish kafedrasi tashabbusi bilan “Xalqaro ta'lim tizimi va xorijiy tillar: Innovatsion yondashuvlar va modernizatsiya istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Mazkur anjumanda mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda iqtidorli talabalar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.
Anjuman davomida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, raqamli ta’lim platformalarini integratsiyalash, xalqaro akademik hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish hamda ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Anjuman yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilib, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский