SamISI Самаркандский институт экономики и сервиса

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari turizm faoliyati va mehmonxona xo‘jaligini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar fani doirasida Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markaziga tashrif buyurishdi.

Amaliy mashg‘ulot davomida talabalar favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik choralarini ko‘rish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda turizm va mehmonxona xo‘jaligida xavfsizlik me’yorlarini qo‘llash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, mashg‘ulotda turizm obyektlari va mehmonxonalarda xavfsizlikni ta’minlash, evakuatsiya tartibi, turistlar hayoti va salomatligini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar haqida batafsil tushuntirildi.

Tadbir yakunida talabalar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlashdi, balki turizm faoliyati va mehmonxona xo‘jaligida xavfsizlik madaniyatini amaliy misollar orqali yanada chuqurroq o‘zlashtirdilar.

SamISI logo

Самаркандский институт экономики и сервиса

Manzil belgisi г. Самарканд, ул. А. Темура, 9

Telefon belgisi Телефон доверия: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish При полном или частичном использовании материалов сайта обязательна ссылка на данный источник

Copyright belgisi Самаркандский институт экономики и сервиса. Все права защищены