Самаркандский институт экономики и сервиса
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tillarni o‘qitish kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbek Ali Jonibekov nomidagi Janubiy Qozog‘iston pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik mobillik aloqalarini kengaytirish maqsadida davra suhbatlari va mahorat darslari tashkil etildi.
Tadbir davomida tomonlar o‘rtasida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda o‘quv-uslubiy tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga zamonaviy ta’lim metodlari asosida mahorat darslari o‘tkazilib, interaktiv usullar orqali bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский