uz en ru
Назад: Новости
36 1 мин чтения

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professor-o‘qituvchilari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada e'tirof etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professor-o‘qituvchilari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada e'tirof etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi professori Sh.Musayeva hamda dotsent D.Usmonova Buyuk Britaniya hamkorligida tashkil etilayotgan "Ta'lim va texnologik innovatsiyalar: taraqqiyot va barqaror rivojlanish omili" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida o'tkazilgan "Ta'lim sohasidagi fidoyi xizmatlari uchun" nomli ilmiy-amaliy ko'rik-tanlovida ishtirok etdilar.

Tanlov yakunlariga ko'ra, professor-o'qituvchilar ilmiy va pedagogik faoliyatdagi xizmatlari e'tirof etilib, esdalik ko'krak nishoni hamda "Maxsus guvohnoma" bilan taqdirlandilar.

Ushbu yuksak e'tirof bilan professor-o'qituvchilarni samimiy muborakbod etamiz hamda ilmiy-pedagogik faoliyatida yanada ulkan yutuqlar, mustahkam sog'lik va zafarlar tilaymiz!