Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

2026-03-26 19
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan taniqli shoira Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Kechki ta’lim fakulteti talabalari ishtirok etib, shoiraning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida Saida Zunnunovaning she’rlari o‘qilib, uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi haqida fikr almashildi.

Mazkur tadbir yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy adabiy merosimizni keng targ‘ib etishga xizmat qildi