Bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutorlari muzeyga tashrif buyurishdi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasining “Vatan boʻylab sayohat qil!” tashabbusi doirasida bugun bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutorlari shahrimizdagi Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi.
Tyutorlar yurtimizning boy tarixiy merosi, qadimiy eksponatlar va milliy madaniyatimiz taraqqiyotiga oid qimmatli ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Oʼzbekcha
English
русский