Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Mening muvaffaqiyat kalitim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Mening muvaffaqiyat kalitim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida institutning faol ayol professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talaba qizlar ishtirok etdilar.
Professor-o‘qituvchilar o‘z nutqlarida ilm-fan sohasidagi tajribalari, erishgan yutuqlari va bu yo‘lda duch kelgan sinovlar haqida so‘z yuritdilar. Ular talaba qizlarga hayotda o‘z o‘rnini topish, bilim va mehnat orqali yuksak marralarga erishish borasida tavsiyalar berdilar.
Oʼzbekcha
English
русский