SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Eko" klubi hamda kechki ta'lim fakulteti xotin-qizlar boʻyicha dekan maslahatchisi hamkorligida “Tabiatni asra, tozalikni saqla!” va “Yoshlar ekologik aksiyasi: “Yashil institut ” shiorlari ostida institut ekochempionati va “Mahallam tozaligi – yurtim obodligi” shiori ostida talaba-qizlar oʻrtasida amaliy aksiya hamda tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Ushbu aksiyadan maqsad talabalar ekologik ongini shakllantirish, chiqindilarni kamaytirish va yashil hayot tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.