uz en ru
Yangiliklar ro'yxatiga qaytish
314 1 daqiqa o'qish

"Uch avlod" uchrashuvi bank-moliya xizmatlari fakultetida

"Uch avlod" uchrashuvi bank-moliya xizmatlari fakultetida

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalarda kattalarga hurmat, kasbiga sadoqat, o'zaro mehr-oqibat, ma'suliyat, shukronalik, tejamkorlik, mamlakat kelajagiga daxldorlik fazilatlarini rivojlantirish maqsadida "Uch avlod" uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda.

Mazkur uchrashuvlardan biri bank-moliya xizmatlari fakulteti talabalari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Unda institutda uzoq muddatdan buyon samarali mehnat faoliyati olib borayotgan professor Zaynalov Jahongir Rasulovich ishtirok etib, talabalarga oʻz tavsiya va maslahatlarini berdi.