Servis fakultetida Samarqand kuni munosabati bilan rassomchilik tanlovi o‘tkazildi
Servis fakulteti tyutorlari hamda fakultet koordinatori tashabbusi bilan Samarqand kuni munosabati bilan "Samarqand - ranglar jilosi va ilhom maskani" shiori ostida rassomchilik tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlov talabalarning ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularning tasviriy san'atga bo'lgan qiziqishini oshirish hamda ona Vatanga bo'lgan mehr-muhabbatini yanada mustahkamlashga qaratildi.
Tanlov davomida talabalar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar hakamlar hay'ati tomonidan badiiy mahorat, o'ziga xos yondashuv, ifoda uslubi hamda mavzuga muvofiqlik mezonlari asosida baholandi. Tanlov yakunida g'oliblar esdalik sovg'alari va diplomlar bilan taqdirlandi.
Oʼzbekcha
English
русский