Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida axborot texnologiyalari hamda oliy matematika kafedralari professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishidagi malaka oshirish kurslari doirasida navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulotlar mentor-o‘qituvchilar Rustamov Jamshid Ergashevich hamda Umirov Jamshid Isirojovich tomonidan belgilangan dars jadvali asosida olib borildi. Darslar davomida professor-o‘qituvchilarga sun’iy intellektning nazariy asoslari, zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlari hamda ularni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida tinglovchilar sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish, raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish kabi masalalar yuzasidan nazariy va amaliy tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Bunday malaka oshirish kurslari professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy texnologik yangiliklar bilan yaqindan tanishtirish hamda ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский