Samarqandda “Kelajak tadbirkori Expo–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkazilmoqda

2026-08-27 35
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Samarqandda “Kelajak tadbirkori Expo–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkazilmoqda

Bugun, 27-avgust kuni Samarqand shahrida aholi va yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo'naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Kelajak tadbirkori Expo-2026" kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o'tkazilmoqda.

Mazkur tadbir Markaziy bank, Milliy bank, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat Palatasi va Kambagalikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbirda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga mavjud ish o'rinlari, zamonaviy kasb va hunarlarni egallash, biznes boshlash yoki faoliyatini kengaytirish, shuningdek, moliyaviy ko'mak va imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berilmoqda.

💼 "Ishga marhamat" ko'rgazmasi

Yarmarkaning asosiy yo'nalishlaridan biri - "Ishga marhamat" ko'rgazmasi. Mazkur hududda mahallalarda bandligi ta'minlanmagan aholi va yoshlar uchun mavjud bo'sh ish o'rinlari taqdim etilib, fuqarolar ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Suhbatlar davomida ishga joylashish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishish ko'zda tutilgan.