SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Xitoy Xalq Respublikasining “China East  Education Holding” delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan bir qancha oliy va kasbiy ta'lim tashkilotlari direktorlari o‘rin oldilar.

Tashrif davomida mehmonlar hamda institut rahbariyati o‘rtasida xalqaro hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Tashrif institut bo‘ylab amalga oshirilgan ekskursiya bilan davom etdi. Delegatsiya a'zolari institutning moddiy-texnik bazasi, fakultetlar faoliyati, yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni va madaniy hayoti bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, kun tartibida xorijiy mutaxassislar ishtirokida turli hamkorlik yo‘nalishlarida tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan