“Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari davom etmoqda

2026-09-10 10
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
“Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari davom etmoqda

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Mustaqillik darsi" mashg'ulotlari davom etmoqda

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti dekani Safarov Farxod Anvarovich tomonidan 1-bosqich talabalari uchun mustaqillik yillarida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotining turli yo'nalishlarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar, erishilgan natijalar hamda bugungi taraqqiyot jarayonlari haqida ma'lumot berildi.

Xususan, ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy ta'lim qamrovining kengayishi, ta'lim muassasalari sonining ortishi, zamonaviy ta'lim imkoniyatlarining yaratilishi hamda xalqaro hamkorlikning rivojlanishi kabi muhim jihatlar tahliliy ma'lumotlar asosida yoritildi.

Shuningdek, mustaqillikning milliy davlatchiligimizni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, yosh avlodni Vatanga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yuksak ma'naviy fazilatlarni shakllantirishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.