uz en ru
Yangiliklar ro'yxatiga qaytish
357 1 daqiqa o'qish

Kechki ta’lim fakulteti birinchi bosqich talabalari institut boʻylab tanishtiruv ekskursiyasida ishtirok etishdi

Kechki ta’lim fakulteti birinchi bosqich talabalari institut boʻylab tanishtiruv ekskursiyasida ishtirok etishdi

Mazkur tadbir talabalarda institut hayotiga dastlabki qadamni qo'yish, o'quv jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi. Ekskursiya davomida yoshlar institutning asosiy o'quv binolari, zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan auditoriyalar, axborot-resurs markazi, sport majmuasi bilan tanishtirildi.

Mazkur tanishtiruv ekskursiyasi birinchi kurs talabalari uchun nafaqat bilim maskanini yaqindan o'rganish, balki talabalik hayotining ilk taassurotlarini shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.