Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy davlat universiteti bilan hamkorlikda "Navoiyga sayohat karvoni: etno-madaniyat va milliy sport" mavzusida yoshlar turizm festivali tashkil etildi.
Festivalning birinchi kunida “Navoiy viloyatining turistik salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminar, Zakovat intellektual o‘yini, futbol va voleybol musobaqalari hamda "Talabalar kechasi" dasturi bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida SamISI mutaxassislari tomonidan Nurota, Xatirchi va Qiziltepa tumanlarining turistik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdim etildi.
Festivalning ikkinchi kuni Sarmishsoy davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida davom etdi. Ishtirokchilar mazkur maskanning tarixiy va turistik ahamiyati bilan tanishib, milliy sport musobaqalari, madaniy chiqishlar hamda milliy taomlar tayyorlash jarayonida faol ishtirok etdilar.
Mazkur festival yoshlar o‘rtasida ichki turizmni rivojlantirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский