Ilm bilan erishilgan yutuq: Sun’iy intellekt

Ilm bilan erishilgan yutuq: Sun’iy intellekt

Sun'iy intellekt - insonning fikrlashi, o'rganishi, tahlil qilishi va muayyan vazifalarni bajarish qobiliyatlarini kompyuter tizimlari orqali amalga oshirishga qaratilgan texnologiya.

Bugungi kunda sun'iy intellekt ta'lim, tibbiyot, iqtisodiyot, sanoat va boshqa ko'plab sohalarda keng qo'llanilmoqda. U katta hajmdagi ma'lumotlarni tez tahlil qilish, murakkab masalalarni yechish va inson mehnatini yengillashtirish imkonini bermoqda.

Ta'limda esa sun'iy intellekt o'quv materiallarini tayyorlash, bilimlarni mustahkamlash, tarjima qilish va individual o'rganish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Bir vaqtlar ilmiy fantastika sifatida tasavvur qilingan texnologiyalar bugun kundalik hayotimizning bir qismiga aylanmoqda.