uz en ru
Qiziqarli malumotlar ro'yxatiga qaytish
12 1 daqiqa o'qish

Bir ixtiro tarixi: dunyoni bir-biriga bog‘lagan telefon

Bir ixtiro tarixi: dunyoni bir-biriga bog‘lagan telefon

Telefon - insonlar o'rtasidagi masofani qisqartirgan va aloqa tarixida katta burilish yasagan ixtirolardan biridir.

1876-yilda Aleksandr Grem Bell telefon qurilmasini muvaffaqiyatli namoyish etdi. Qurilma inson ovozini elektr signallariga aylantirib, uni sim orqali boshqa joyga uzatish imkonini bergan.

Dastlab telefonlar juda sodda bo'lgan va ulardan asosan uzoq masofadagi insonlar bilan gaplashish uchun foydalanilgan. Vaqt o'tishi bilan telefonlar takomillashib, avval uyali telefonlar, keyinchalik esa zamonaviy smartfonlarga aylandi.

Bugungi kunda telefon orqali nafaqat suhbatlashish, balki internetdan foydalanish, ta'lim olish, videoqo'ng'iroq qilish, suratga olish va turli xizmatlardan foydalanish mumkin.