uz en ru
Назад: Новости
1 224 1 мин чтения #talabalar

Talabalar turar joyida institut xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan davra suhbati o‘tkazildi

Talabalar turar joyida institut xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan davra suhbati o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalar turar joyida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar ishtirokida tarbiyaviy suhbat tashkil etildi.

Uchrashuv davomida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, tozalik va shaxsiy gigiyena madaniyatini yuksaltirish, texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilish masalalari bo'yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir jarayonida qizlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.