Uchrashuvda institut yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Berdimurodov Azizjon Shukrilloyevich, o'quv ishlari bo'yicha prorektori Sharipov To'lqin Saidahmedovich, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Pardayev Olim Mamayunusovich hamda kechki ta'lim-1 fakulteti dekani Hamitov Mubin Xabibjonovichlar ishtirok etdi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda talabalarning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qilayotgan klub va to'garaklar faoliyati haqida ma'lumot berildi.
Suhbat davomida talabalarga institutning ichki tartib-qoidalari va odob-axloq me'yorlariga rioya qilish, ta'lim jarayonida faol va tashabbuskor bo'lish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, qatag'on qurboni bo'lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o'rganish, ularning boy ilmiy va ma'naviy merosini yosh avlodga yetkazish hamda xotirasini abadiylashtirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский