uz en ru
Назад: Новости
10 1 мин чтения

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti vakili xalqaro forumda ishtirok etdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti vakili xalqaro forumda ishtirok etdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro reytinglar bo'limi bosh mutaxassisi V.Uzakova Samarqand shahrida tashkil etilgan "O'zbekistonda universitetlarning raqamli transformatsiyasi: sun'iy intellekt davrida oliy ta'limni boshqarish" mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi.

Forumda O'zbekistonning 7 ta hududidagi 16 ta oliy ta'lim muassasasi rektorlari, prorektorlari, raqamli transformatsiya bo'yicha mas'ullar hamda ta'lim texnologiyalari ekspertlari ishtirok etib, oliy ta'lim boshqaruvini modernizatsiya qilish va "O'zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida raqamli transformatsiyani jadallashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Muhokamalar davomida oliy ta'lim muassasalarida ma'lumotlar integratsiyasini ta'minlash, ECTS tizimiga muvofiqlik va xalqaro akademik mobillikni rivojlantirish, sun'iy intellekt hamda raqamli platformalardan samarali foydalanish, talabalar davomati va ta'lim sifatini yaxshilash, shuningdek, xalqaro reytinglardagi o'rinlarni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Forum yakunida barqaror raqamli transformatsiyani ta'minlash uchun institutsional ma'lumotlarni yagona tizimga birlashtirish, raqamli transformatsiya jamoalarini qo'llab-quvvatlash hamda sun'iy intellektga asoslangan zamonaviy tizimlarni joriy etish muhimligi ta'kidlandi.