uz en ru
Назад: Новости
30 1 мин чтения

“Qizlar — millat tayanchi” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi

“Qizlar — millat tayanchi” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakultetida 11-oktabr - Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan "Qizlar - millat tayanchi" shiori ostida o'quvchi-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda servis fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi, institut talaba-qizlar koordinatori hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o'quvchi-qizlarni bayram bilan tabriklab, bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar hamda ta'lim olish va ilmiy izlanishlar olib borish uchun yaratilgan sharoitlar haqida so'z yuritdilar. Shuningdek, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish, bilim olishga intilish va kelajakda munosib o'rin egallash muhimligi ta'kidlandi.