Samarqand iqtisodiyot va servis instituti menejment va marketing fakultetida 1-bosqich talabalari ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda institut o'quv ishlari bo'yicha prorektori Sharipov To'lqin Saidahmedovich hamda menejment va marketing fakulteti dekani Abduraimov Dilshod Muratkulovich ishtirok etdi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda talabalarning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qilayotgan klub va to'garaklar faoliyati haqida ma'lumot berildi.
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский