Iqtisodiyot fakultetida “Davlat tili – milliy maʼnaviyatimiz timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Davlat tili – milliy maʼnaviyatimiz timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan ona tilimizning jozibasi va qadrini ifodalovchi sahna ko‘rinishi, milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Oʼzbekcha
English
русский