Самаркандский институт экономики и сервиса
O‘zbekistonda birinchi IT hamjamiyati tashkil etiladi. Bu haqda IT Park matbuot xizmati xabar berdi.
4-mart kuni soat 15:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston IT hamjamiyatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
IT Hamjamiyati IT mutaxassislarini va sohaga qiziqqan har bir kishini bir joyda birlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Hamjamiyat aʼzolari IT sohasidagi qiziqarli maʼlumotlarni topishi, bilim va tajriba almashishi, karyera qurishi, loyiha uchun jamoa topishi, g‘oyalarni muhokama qilishi, yordam olish va hatto mentor topishi mumkin.
Rasmiy ochilish marosimida 6 nafar spiker so‘zga chiqadi:
Ma’lumotlarga ko‘ra, spikerlar uchrashuv ishtirokchilariga IT cho‘qqilariga o‘z yo‘lini qurish imkonini bergan muvaffaqiyat sirlari haqida gapirib beradi. Sessiyalar ingliz tilida o‘tkaziladi. Ishtirok etish bepul.
Manba: daryo.uz
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский