O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi "Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4391-sonli qarori va mavqyeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5850-son Farmonida belgilangan vazifalar, institut Kengashining 2019-yil 29-noyabrdagi 10-son yig'ilishi bayoni qarorlari ijrosini ta'minlash hamda institut kafedralarini yanada optimallashtirish shuningdek, institutda Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va o'rgatish va uni bilish darajasini yanada oshirish maqsadida 2021-yil 28-avgustda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektorining "Raqamli iqtisodiyot" kafedrasini tashkil etish to'g'risidagi 924/-F-sonli buyrug'i asosida tashkil etildi.
"Raqamli iqtisodiyot" kafedrasi fakultetlararo Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va o'rgatishni usullari yo'llarini o'rgatadi.
Hozirgi vaqtda 15 shtat birligi mavjud bo'lib, 14 nafar professor-o'qituvchi hamda 1 nafar kabinet mudiri faoliyat yuritadi. Ulardan 3 nafari professor, 4 nafari iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori, 2 nafari katta o'qituvchi , 5 nafari o'qituvchi (assitent)dir. Kafedra tashkil etilgandan buyon kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq nufuzli xorijiy jurnallarda, 10 ta Scopus xalqaro etirof etilgan bazalarda maqolalari chop etilgan. 3 ta darslik, 20 ta o'quv qo'llanma, 9 ta monografiya, 11 ta o'quv uslubiy ko'rsatmalar chop etilgan. Kafedra professor -o'qituvchilari tomonidan institut miqyosida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar soni 65 dan ortiqdir. Kafedra tashkil etilgandan buyon 3 nafar talaba nomdor stependiya sohiblari bo'lgan.
Oʼzbekcha
English
русский