"Menejment" kafedrasi institutning "Buxgalteriya hisobi va menejment" fakulteti tarkibidagi mutaxassislik kafedrasi hisoblanadi.
Kafedrada 60410800 - Menejment, 60411400 - Inson resurslarini boshqarish ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar va 70410801-Menejment, 70411001- Inson resurslarini boshqarish mutaxassisliklari bo'yicha magistrlar tahsil olmoqda.
So'ngi yillarda kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 100 dan ortiq nufuzli xorijiy jurnallarda, 10 ta Scopus xalqaro etirof etilgan bazalarda maqolalari chop etilgan.
Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 2024-2025 yillarda quyidagi darsliklar, o'quv qo'llanmalar va monografiyalar chop etilgan:
Darsliklar:
- "Biznes strategiyasi" - professor v.b., A.E. Tangirov (2024 yil dekabr);
- "Tashkiliy hulq" - dotsent N.A. Usmanova (2024 yil sentyabr);
- "Менеджмент качества" - dotsent N.A. Usmanova va dotsent. J.N. Abiyevlar (2025 yil sentyabr);
- "Организационное поведение" - dotsent N.A Usmanova, dotsent. J.N. Abiyev, PhD dotsent. v.b., Z.K. Raximov, dotsent. A.P. Xazratovlar (2025 yil avgust).
O'quv qo'llanmalar:
1."Taym-menedjment" - dotsent M.E. Axtamova (2024 yil dekabr);
2. "Loyihalar boshqaruvi" - PhD, dotsent. v.b., A.A. Siddiqov (2024 yil dekabr);
3. "Mehmonxona va restoran menejmenti" - PhD, dotsent. v.b., A.A. Siddiqov (2025 yil may);
4. "Operatsion menejment" - PhD, dotsent. v.b., N.T. Sattarova (2024 yil dekabr);
5. "Sifаt mеnеjmеnti" - dotsent N.A. Usmanova (2024 yil dekabr);
6. "Управление гостиницей и рестораном" dotsent v.b. N.M. Usmanova (2025 yil may);
7. "Ishlab chiqarish menejmenti" - dotsent N.A. Usmanova, dotsent U.N. Normurodov, dotsent J.N. Abiyev, assistent B.X. Qilichov hamda assistant-stajyor N.M. Burxonova (2025 yil avgust).
Monografiyalar:
1. "Innovatsion iqtisodiyot sharoitida oliy ta'lim xizmatlari samaradorligini oshirish va boshqarisni takomillashtirish" - professor M.Q. Pardayev, PhD, dotsent v.b., H.N. Ochilova (2024 yil yanvar);
2. "Zamonaviy rahbar faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va uni takomillashtirish" - dotsent N.A. Usmanova (2024 yil dekabr);
3. "Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishda o'zini-o'zi band qilishning strategik yo'nalishlari" - professor M.Q Pardayev, PhD dotsent v.b., A.R. Latipov (2025 yil aprel);
4. "Oliy ta'lim tizimida kredit modul tizimi imkoniyatlaridan foydalanib ta'lim sifatini oshirish yo'llari" - dotsent N.A. Usmanova, dotsent U.N.Normurodov, dotsent J.N. Abiyev va assistent B.X. Qilichov (2025 yil may).
Kafedrada "Menejer" talabalar va magistrlar ilmiy to'garagi faoliyat ko'rsatmoqda. To'garakga assistent B. Abdumannonov rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunda ilmiy to'garakga 30 dan ortiq talaba va magistrlar jalb etilgan. Bu to'garak a'zolarining iqtidorlilari turli konferensiyalarda o'z ilmiy maqolalarini chop etishga erishib kelmoqdalar.
Oʼzbekcha
English
русский