Axborot texnologiyalari kafedrasi



Samarqand iqtisodiyot va servis institutining «Аxborot texnologiyalari» kafedrasi oʼzining koʼp yillik tarixiga boʼlib, institutning barcha taʼlim yoʼnalishlari va qoʼshma taʼlim talabalariga “Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlar”, “Ijtimoiy tarmoqlarda axborot tahlili”, “Информатика”, “Информационно-коммуникативные технологии в профессианальной деятельности, “Информационные технологии” va “Программное обеспечение и автоматизация профисиональной деятельности” kabi fanlardan taʼlim berib kelishmoqda. Kafedrada hozirda Suyarov Akram Musayevich – kafedra mudiri, Jomonqulova Fazilat Esirgapovna – kafedra dotsenti, Rustamov Jamshid Ergashevich, Karimov Tolmosbek Xolmoʼmin oʼgʼli, Rajaboev Shaxboz Shodi oʼgʼli va Dusmatova Maʼmura Аbduvalievnalar assistent, Ahmedova Mahbuba Baxtiyorovna laborant lavozimlarida ishlab kelishmoqda.
Kafedraning tarixi 1979 yildan boshlanadi. Shu davrgacha hisoblash texnikasi
va ulardan iqtisodiy axborotlarni ishlashda foydalanishga doir barcha fanlar
(hisoblash mashinalari, hisoblash texnikasi, iqtisodiy axborotlarni
mashinasida ishlar, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va h.k.)
buxgalteriya hisobi kafedrasi (hozirgi buxgalteriya hisobi va audit) tarkibida
o‘qitilar edi.
1970 yillarga kelib institutda talabalar kontingenti keskin o‘sishi sababli o‘quv yuklamalari ko‘payishi natijasida hamda zamonaviy talablarga muvofiq axborotlarni avtomatlashtiriga e’tibor kuchaydi va oliy ta’lim sohasida shu borada yangi – yangi fanlar paydo bo‘ldi. Natijada buxgalteriya hisobi kafedrasi tarkibi nihoyat darajada kengayib ketmasligi uchun 1979 yili 1 fevralda institutda 26 yanvar 12 “L” buyrug‘i bilan yangi kafedra “Iqtisodiy axborotlarni mashinada ishlash” tashkil topdi.
Mazkur kafedraga dotsent Abdullayev Rajab (keyinchalik professor) kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedra tarkibiga bir yo‘la hisoblash texnikasi laboratoriyasi qo‘shib berildi. Keyingi bir – ikki yilda kafedra zamonaviy texnikalar bilan ta’minlandi. Bu borada sentrosoyuzning roli behisob katta bo‘ldi.
Kafedra tashkil etilganda o‘qituvchilar tarkibi dotsent Abdullayev R.A., dotsent Nerling Ye.G., dotsent Siddiqov Yu.M., katta o‘qituvchi Abbasov M.G., assistentlar Danilchik D.A. va Mazneva V.V. lardan iborat edi. Hisoblash texnikasi laboratoriyasi xodimlari bilan kafedra xodimlari soni 10 – 12 kishini tashkil etardi.
Kafedrada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida ilmiy – pedagogik
kadrlarni tayyorlashga va ishga jalb qilishga katta e’tibor berildi. Birinchi
navbatda Buxgalteriya hisobi yo‘nalishini a’lo bitirgan va Samarqand viloyati
matlubot kooperatsiyasida bosh buxgalter lavozimida ishlab turgan Ibragimov
Nozir Aliyevich ishga taklif etildi. Keyinchalik Sentrsoyuzning Lvov Savdo –
iqtisod institutining “Mashinada iqtisodiy axborotlarni ishlash”
mutaxassisligini bitirgan Abdukarimov Vyachislav Ismatovich bizni
iltimosimizga binoan Sentrsoyuznin kadrlar tayyorlash boshqarmasi tomonidan
bizga yuborildi va o‘z ishini kafedraning kabinet mudirligidan boshladi.
Institut va kafedraning ilmiy – pedagog kadrlar tayyorlash oqilona siyosati natijasida Ibragimov N.A. va ABdukarimov V.I. lar ketma – ket Moskva Moliya Akademiyasida aspirantura va doktoranturani o‘tab oqibat natijada iqtisod fanlari doktori unvonlariga ega bo‘ldilar va qariyb 15 yillar mobaynida kafedrada samarali ishladilar.
Bugungi kunda N.A.Ibragimov yirik korxona rahbari va institutning “Moliya va sug‘urta xizmatlari” kafedrasi professor (0,5 stavka) sifatida xizmat qilib kelmoqda. V,I.Abdukarimov esa Tambov Davlat Universitetining professori va birlashgan ilmiy kengashning ilmiy kotibi sifatida ishlab kelmoqda.
Kafedra o‘z faoliyatini o‘quv – uslubiy, ilmiy – tadqiqot, yuqori darajadagi tarbiyaviy ishlar va amaliyot bilan uzviy bog‘liqlik yo‘nalishlarini zamonaviy talablarga javob berishi borasida tinmay yangiliklarga ergashgan holda olib bordi. Buning samarasi sifatida talabalarning o‘zlashtirish darajasi 90 – 95 foizga ko‘tarildi. O‘qish jarayonini amaliyot bilan bog‘lab borish uchun kafedra Samarqand viloyat oblpotrebsoyuzining Jomboy, Kattaqo‘rg‘on ulgurji savdo bazalarida o‘z filiallarini ochdi. Natijada ma’lum bir miqdorda hisoblash texnikasi, iqtisodiy axborotlarni mashinada ishlash, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari fanlari mana shu filiallarda amaliy ma’lumotlarda olib borilar edi. Shu davrlarda talabalar (buxgalterlar, iqtisodchilar) o‘z kurs, diplon ishlarini filiallardan olgan ma’lumotlar asosida bajarilar edilar. Oqibat natijada Nozir Aliyevich va Komil Baxromovich o‘zlarining nomzodlik dissertatsiyalarini aynan O‘zbekiston materiallari asosida bajardilar va Moskva Moliya akademiyasida va Moskva Xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi G.V.Plexanov nomidagi Mlskva xalq xo‘jaligi akademiyasi) da muvaffaqiyat bilan yoqladilar.
Kafedra faoliyatida ilmiy tadqiqot ishlariga katta e’tibor berildi. Qisqa muddat ichida (5 yil mobaynida) N.A.Ibragimov, V.I.ABdukarimov, A.K.Kadirov, K.B.Urazovlar iqtisod fanlari nomzodi unvoniga ega bo‘ldilar. Ilmiy darajadagi pedagoglarni jalb etish maqsadida Samarqand Davlat Universiteti amaliy matematika yo‘nalishi bo‘yicha bitirgan va nomzodlik darajasiga ega bo‘lgan Vafayev Mirobid Alimovich, Vafoyev Doniyor Atayevich va hali ilmiy darajaga ega bo‘lgan Baxramov Baxodir Aslanovichlar ishga qabul qilindilar.
1980 yilning o‘rtalariga kelib kafedraning ilmiy faoliyatiga talabalarni jalb etish keng rivojlandi. Ular kafedraning ilmiy – tadqiqot ishlarida aktiv ishtirok etdilar va turli xil anjumanlarda qatnashdilar. Jumladan Lvov, Moskva, Novosibirsk, Karaganda Kooperativ institutlarida o‘tkazilgan yoshlar konferensiyalarda ma’ruzalar qildilar va ma’ruza materiallarini chop etdilar.
1986 yili ilmiy – tadqiqot ishlar samarasi sifatida institutda kafedra tashabbusi bilan Butun Ittifoq ilmiy konferensiya o‘tkazildi va 15 b.t. ma’ruza matnlari chop etildi. Konferensiyada 30 ga yaqin pedagoglar: Moskva, Lvov, Gomel, Kiyev, Novosibirsk, Karaganda institutlaridan ishtirok etdilar. Konferensiya ikki kun davom etdi. Konferensiya takliflariga asosan Sentrsoyuz “Matlubot koperatsiyasi tizimida axborotlarni mashinada ishlash muammolari” nomli qaror qabul qilindi. Shu qaror asosida barcha kooperativ institutlari yangi – yangi hisoblash texnikalari bilan ta’minlandi. Aynan shu davrga kafedraga shaxsiy kompyuterlar bilan jihozlanib berildi. Aynan ana shu yili kafedrada chop etilgan ilmiy ishlar 102 b.t. ni tashkil etdi. Jumladan 2 ta o‘quv qo‘llanmasi va bir necha risolalar.
Jamoat ishlaridagi faoliyati ham esda qoladigan darajada o‘tardi. Bir necha yil davomida fakultetning III yoki IV kurs talabalariga paxta mavsumida rahbarlik faqat kafedraga topshirilar edi. Aynan kafedra boshqargan brigada musobaqada ilg‘or o‘rinlarni egallar edi. Natijada kafedraning katta o‘qituvchisi M.B.Abbasovga “Jiguli” mashinasi ajratildi.
Kafedra faoliyati davomida bir necha bor nomi o‘zgarib, boshqa kafedra bilan qo‘shilib, ajralib yurdi. Mana bular:
1984 yil 30 iyundan boshlar rektorning 10 iyul 1984 yil buyrug‘i bilan kafedraning nomi “Ma’lumotlar avtomatlashtirilgan tizimda ishlash (ASOD)” deb o‘zgartirildi.
20 fevral 1986 yilda rektorning 23 “D” buyrug‘i bilan kafedra “Axborot –
hisoblash tizimi (IBS)” deb nomlandi.
1988 yil 10 fevral 30 “D” buyrug‘i bilan kafedra institutning “Boshqaruvning ilmiy asoslari” kafedrasi bilan birlashtirildi va “Boshqaruv va axborot (avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ASU))” deb nomlandi. Endi kafedra o‘qituvchilari tarkibiga yangi ilmiy pedagoglar qo‘shildilar. Bular dotsent N.R.Zugurov, dotsent M.D.Hamraqulova, dotsent A.Yu.Azizova, dotsent Abdullayev D.N., katta o‘qituvchi N.I.Gazaryans, katta o‘qituvchi Sh.S.Sharafitdinova, assistent (kabinet mudiri) To‘xtayev Sobirjonlar edilar.
1989 yil 11 mart № 34 “L” buyrug‘i bilan kafedra ikkiga bo‘lindi va unga axborot – hisoblash tizimi (IBS) nomi berildi.
R.A.Abdullayev kafedra tashkil etilgan kundan boshlab to 1995 yil iyuligacha kafedra mudiri bo‘lib ishlab keldi va juda ko‘p shogirdlar tayyorladi.
1995 yilda kafedra “Menejment va axborotlar texnologiyalari” nomi bilan faoliyat ko‘rsatgan. Uning kafedra mudiri dotsent Zugurov N.R. bo‘lgan. 1998 yilda esa dotsent Zaynalov N.R. kafedrani boshqardi. 2001 yilda kafedra 2 ga bo‘lindi: “Axborot texnologiyalari”, “Menejment”.
2001 yildan 2004 yilgacha “Axborot texnologiyalari” kafedrasiga dotsent Temirov O.G‘. mudirlik qilgan. Bu davrda kafedrada katta o‘qituvchilar Tog‘ayev Sh.S., Davronov A.E., Xudoynazarov N.U., assistentlar Boboqulov Yo.O., Sirliboyev V.X., Suvonqulov A.M., Jo‘raqulov J.D. lar faoliyat ko‘rsatgan.
2004 yilda esa kafedrani vaqtinchaliq katta o‘qituvchi V.X.Sirliboyev boshqargan.
2005 yildan 2013 yil iyungacha kafedrani dotsent A.I.Aliqulov boshqargan.
2013 yil iyundan 2017 yilgacha kafedrani dotsent Zaynalov N.R. boshqargan.
2017-2019 yillar kafedra “Oliy matematika” kafedrasi tarkibida bo’lib, kafedra
shu davrda “Oliy matematika va axborot texnologiyalari” deb nomlangan.
2020 yil yanvardan “Axborot texnologiyalari” kafedrasi qayta tashkil qilinib, A.E.Ernazarov boshqarib, 2024 yilda mudirlik lavozimini tugatdi.
2024 yildan buyon A.M.Suyarov mudirlik lavozimida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.


Suyarov Akram Musayevich

Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri


Jomonqulova Fazilat Esirgapovna

Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti


Rustamov Jamshid Ergashevich

Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o'qituvchisi


Karimov Tolmosbek Xolmo'min o'g'li

Axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti


Rajaboyev Shaxboz Shodi o'g'li

Axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti


Dusmatova Ma'mura Abduvaliyevna

Axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti


Ahmedova Mahbuba Baxtiyorovna

Axborot texnologiyalari kafedrasi labaranti