uz en ru
Fakultetlar ro'yxatiga qaytish
Fakultet Dekan: Xazratov Abror Panjiyevich 3 841

Bank-moliya xizmatlari fakulteti

Xodimlar
8
Kafedralar
3
Fayllar
0
XAZRATOV ABROR PANJIYEVICH Dekan Xazratov Abror Panjiyevich
Bank-moliya xizmatlari fakulteti

SamISI "Bank-moliya xizmatlari" fakulteti 2004-yilda "Moliya va kredit" fakulteti bazasida tashkil etilgan bo'lib,  bugungi kunda uning faoliyati  "Moliya" va "Bank ishi" kafedralari bazasida shakllantirilgan. "Bank-moliya xizmatlari" fakulteti  2019-yilning 26-oktabrida tasdiqlangan "Bank-moliya xizmatlari" fakulteti Nizomi asosida o'z faoliyatini tashkil qilgan. Nizom oliy ta'lim muassasalari fakulteti to'g'risidagi namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan va o'rnatilgan tartibda tasdiqlangan. "Bank-moliya xizmatlari" fakulteti 2019-yilning 2-oktabrida "Bank-moliya xizmatlari" fakulteti bazasida qayta tashkil etilgan. Fakultetdagi "Buxgalteriya hisobi va audit" ta'lim yo'nalishi institut rektorining 2022-yil 5-sentabrdagi "Institut tashkiliy tuzilmasini o'zgartirish to'g'risida"gi 138-F-sonli buyrug'iga asosan yangi tashkil etilgan "Buxgalteriya hisobi va menejment" fakultetiga o'tkazilgan.

Fakultet tarkibidagi kafedralar:

  • Moliya kafedrasi
  • Bank ishi kafedrasi
  • Investitsiya va innovatsiyalar kafedrasi

Fakultet doirasida tayyorlanadigan ta'lim yo'nalishlari:

  • 60410500 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar
  • 60410600 - Bank ishi

Fakultet talabalari kontingenti:

2025-2026 o'quv yili bo'yicha jami fakultetda - 789 nafar talaba ta'lim olmoqda, shundan:

  • 1-kursda - 295 nafar talaba;
  • 2-kursda - 232 nafar talaba;
  • 3-kursda - 146 nafar talaba;
  • 4-kursda - 116 nafar talaba.

2025-2026 o'quv yilida fakultetda shtat bo'yicha  12  nafar xodimlar faoliyat yuritadi.  Dekan, 1 nafar o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari, 1 nafar, yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari, 2 nafar uslubchi, 1 nafar, Fakultet yoshlar ittifoqi koordinatori, hamda 5 nafar tyutorlar mavjud.

Fakultet qoshida 3 ta kafedra faoliyat ko'rsatadi. Moliya kafedrasida - 12 nafar professor-o'qituvchi, Bank ishi kafedrasida - 5 nafar professor-o'qituvchi, Investitsiya va innovatsiyalar kafedrasida - 13 nafar mavjud.

Fakultet tarkibidagi 3 ta kafedralarda  jami 30 nafar professor-o'qituvchilar mavjud bo'lib, ulardan 6 nafari professor, 8 nafari fan nomzodi va PhD, 7 nafari katta o'qituvchi, 7 nafar assistent hamda 16 nafar  stajer-assistentlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultetda 789 nafar talabalar tahsil olmoqda, shulardan 243 nafari qiz bolalar va 546 nafar o'g'il bolalar hisoblanadi:

  • 1-kursda 186 nafar o'g'il bolalar, 109 nafar qiz bolalar,
  • 2-kursda  155 nafar o'g'il bolalar, 77 nafar qiz bolalar,
  • 3-kursda 110 nafar o'g'il bolalar, 36 nafar qiz bolalar,
  • 4-kursda 95 nafar o'g'il bolalar, 21 nafar qiz bolalarni tashkil qiladi.

Talabalarning 470 nafari Samarqand viloyatidan, 319 nafar talabalar  boshqa viloyatlardan hisoblanadi.

Fakultetda chet el fuqarosi o'qimaydi.