Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Joriy yil 26-mart kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti real iqtisodiyot kafedrasi tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti Iqtisodiyot va biznes oliy maktabi hamda Qirg‘iziston Xalqaro innovatsion texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Ta’limni raqamli transformatsiya qilish sharoitida ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy tendensiyalar va innovatsion yondashuvlar” mavzusida birinchi Xalqaro ilmiy-uslubiy konferensiya onlayn formatda muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Mazkur konferensiyada professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar hamda soha mutaxassislari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida iqtisodiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda servis sohasi va xizmat ko‘rsatish boshqaruvi bo‘yicha metodik yondashuvlar muhokama qilindi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский