uz en ru
Yangiliklar ro'yxatiga qaytish
23 1 daqiqa o'qish

Xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi

Xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi. Shvetsiyalik mutaxassis bilan Scopus, Web of Science va boshqa xalqaro ma'lumotlar bazalarida maqola nashr etish ko'nikmalarini oshirish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi. 

Seminar-treningda institutning 40 yoshgacha bo'lgan o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va iqtidorli talabalar qatnashib ilmiy tadqiqotlarni yuqori sifatli platformalarda tan olinishi va ilmiy jurnallarda nashr etilishi imkoniyatlari haqida muhokama olib bordilar.
           
Seminar-treningdan asosiy maqsad ishtirokchilarga Scopus, Web of Science va boshqa xalqaro ma'lumotlar bazalarida maqola nashr etish jarayonini tushuntirish, ilmiy maqolalarni tayyorlash bo'yicha ko'nikmalarni oshirishdir.