Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Haftaning har chorshanba kuni “Sport kuni” etib belgilangani munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan keng qamrovli sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda.
Xususan, bugun erta tongdan institut rahbariyati, xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Mazkur marafonda 500 nafardan ortiq ishtirokchilar faol qatnashib, Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘idan institut hududigacha bo‘lgan belgilangan masofani bosib o‘tdilar.
Yurish marafonidan so‘ng ommaviy badantarbiya mashqlari tashkil etildi. Ishtirokchilar tanalarini chiniqtirib olganlaridan keyin turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha do‘stlik musobaqalariga start berildi.
Bunday sport tadbirlari institut jamoasi o‘rtasida sog‘lom muhitni mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish hamda yoshlarni faol va sog‘lom hayot tarziga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский