Servis fakultetida “Birinchi kurs maktabi” mashg‘ulotlari davom etmoqda

2026-09-11 11
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Servis fakultetida “Birinchi kurs maktabi” mashg‘ulotlari davom etmoqda

Servis fakultetida 1-bosqich talabalari uchun "Birinchi kurs maktabi" doirasida navbatdagi mashg'ulot o'tkazildi. Mashg'ulot davomida fakultet dekani Normurodov Umidjon Normurod o'g'li tomonidan talabalarga institutning ichki tartib-qoidalari va Odob-axloq kodeksining mazmun-mohiyati, shuningdek, talabalarning huquq va majburiyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalarga oliy ta'lim muassasasining tuzilmasi, ya'ni rektorat, fakultet va dekanatlarning faoliyati hamda ularning asosiy vazifalari haqida ma'lumot berildi. Talabalar turli masalalar yuzasidan murojaat qilishi mumkin bo'lgan bo'limlar faoliyati bilan ham tanishtirildi.