Samarqand iqtisodiyot va servis institutida maxsus taktik o‘quv mashqi tashkil etildi

2026-05-18 31
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida maxsus taktik o‘quv mashqi tashkil etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida maxsus taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashqidan ko‘zlangan asosiy maqsad favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda talaba-yoshlar hamda muassasa xodimlarining to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.
O‘quv mashqi jarayonida institut talabalari faol ishtirok etib, amaliy harakatlarda bevosita qatnashdilar. Mashg‘ulot davomida Axborot-resurs markazida shartli ravishda yong‘in yuzaga kelgani e’lon qilinib, holatga tezkor munosabat bildirildi.
Shuningdek, jabrlanganlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda zarur hollarda tegishli xizmatlarga murojaat qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Mazkur o‘quv mashqi orqali ishtirokchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalari yanada mustahkamlanib, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi oshirildi.