“O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” shiori ostida madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida madaniyat festivali tashkil etildi. Festival do‘stlik, totuvlik va bag‘rikenglik ruhini mustahkamlashga qaratilib, unda turli madaniy tadbirlar, musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Turli xalqlarning an’anaviy liboslari, milliy bezaklar va ko‘rgazmalar tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
Tadbir davomida servis va bank-moliya xizmatlari fakultetlari talabalari turli millat va elatlarning madaniyati, urf-odatlari va san’atini aks ettiruvchi chiqishlar bilan ishtirok etib, mehmonlarga rang-barang sahna ko‘rinishlarini taqdim etdilar. Milliy raqslar, jonli ijrolar va badiiy kompozitsiyalar festivalga bayramona kayfiyat ulashdi.
Oʼzbekcha
English
русский