Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kechki ta’lim fakulteti tyutori Sh. Bozorova tomonidan talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida adib O‘tkir Hoshimovning mashhur “Ikki eshik orasi” asari yuzasidan savol-javoblar, quiz va test o‘yinlari o‘tkazildi. Talabalar asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan hayotiy g‘oyalar hamda qahramonlar taqdiri yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda adabiyotga bo‘lgan mehrini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский