Ma'rifat darslarida talabalarga iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma'lumotlar berilmoqda
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Ma'rifat darsi" mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, servis fakulteti 1-bosqich talabalari uchun marketing kafedrasi mudiri D.Xolmamatov tomonidan dars mashg‘ulotlari olib borildi. Talabalar hozirgi kundagi siyosiy yangiliklar, yurtimizdagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar haqida foydali ma'lumotlar olishdi.
Shuningdek dars jarayonida institut yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i, guruh tyutorlari hamda boshqa mas'ullar ham ishtirok etib,o‘z fikrlarini bildirishdi.
Oʼzbekcha
English
русский