SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Iqtisodiyot fakultetida “Kuch birlikda — zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q” hamda “Zo‘ravonliksiz hayot — har bir ayolning huquqi!” shiorlari ostida zo‘ravonlikka barham berishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida zo‘ravonlikning oldini olish, ayollar huquqlarini himoya qilish, jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilarga mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar va huquqiy mexanizmlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.