“Jaholatga qarshi ma’rifat, yot g‘oyalarga qarshi milliy tafakkur” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

2026-09-18 35
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
“Jaholatga qarshi ma’rifat, yot g‘oyalarga qarshi milliy tafakkur” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talaba-yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini oshirish, turli yot g'oyalarning salbiy ta'siridan himoyalanish hamda ularda sog'lom dunyoqarash va milliy tafakkurni shakllantirish maqsadida "Jaholatga qarshi ma'rifat, yot g'oyalarga qarshi milliy tafakkur" mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Din ishlari bo'yicha qo'mita Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i Soxibnazar Boymurodov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Tohir Ibadillayev hamda institut mas'ullari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talabalarga jaholat va uning salbiy oqibatlari, yot g'oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish masalalari yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan javob oldilar.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini boyitish, ularni turli zararli g'oyalardan ogoh etish hamda mustahkam hayotiy va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.