SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘zbek tili va adabiyot kafedrasi mudiri D.Yo‘ldashova hamda iqtisodiyot fakulteti tyutori Sh.Urazovlar tashabbusi bilan iqtisodiyot fakultetida “Ona tilim – sen ruhimning qanotisan” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda talabalarga ona tilining milliy g‘urur va ma’naviyatimizdagi o‘rni, uni asrab-avaylash va boyitish masalalari haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ishtirokchilar o‘zbek tilining go‘zalligi, qadriyati va xalqimiz hayotidagi ahamiyatini chuqur his etishdi.